Foydalanish shartlari.
Yangilangan: 2026-10-30
AAA Music’ni sotib olish yoki saytga kirish bilan siz shu shartlarga rozilik bildirasiz. Sotuvchi — Azimov Films, aloqa: Telegram, @aaa_plugins_bot.
1. Nima beriladi
AAA Music — DaVinci Resolve Studio 21.1 va yangisi uchun musiqa tanlovchi plagin (beta). Ishlaydi: Mac, Apple Silicon (M1 va yangisi), macOS 14 va yangisi. Birinchi 3 kun bepul.
2. Kim nima qiladi
Azimov Films: plagin, litsenziya va yangilanishlarni beradi, Telegram orqali o‘rnatish va ishlatish bo‘yicha yordam beradi.
Siz: talablarga mos kompyuter va internet, paketni o‘z vaqtida to‘lash.
3. Narx va to‘lov
Narx hamma uchun bir xil: 1 oy — 35 000 so‘m, 3 oy — 95 000 so‘m, 12 oy — 215 000 so‘m. To‘lov paket boshida oldindan, Click yoki Payme orqali qilinadi.
4. Litsenziya
To‘lov tasdiqlangach litsenziya plaginga o‘zi tushadi va paket muddati (30, 90 yoki 365 kun) amal qiladi. Plagin internetga ulanmagan bo‘lsa, litsenziya kaliti Telegram orqali ham beriladi. Uzaytirishda yangi muddat oldingi muddat tugagan kundan hisoblanadi, shuning uchun kuningiz yo‘qolmaydi.
5. To‘lanmasa
Muddat tugagach plagin yangi qidiruv va Timeline’ga qo‘yishni to‘xtatadi. Timeline’ga qo‘yilgan musiqalar loyihangizda qoladi.
6. Bitta litsenziya — bitta kompyuter
Litsenziya bitta kompyuterning Qurilma ID’siga bog‘lanadi. Kompyuter almashsa, @aaa_plugins_bot ga yozing — qolgan muddat yangi kompyuterga o‘tkaziladi.
7. Musiqa huquqi
Plagin trekni tanlab beradi va Timeline’ga qo‘yadi, lekin musiqaga litsenziya bermaydi. Videoni e’lon qilishda musiqa huquqi uchun foydalanuvchi o‘zi javob beradi. Instagram’da trekni Instagram’ning o‘z kutubxonasidan qo‘shish tavsiya etiladi.
8. Ma’lumotlar
Qaysi ma’lumot va nima uchun saqlanishi Maxfiylik siyosatida yozilgan. Plagin videolaringizni va loyihalaringizni Azimov Films’ga yubormaydi.
9. To‘xtatish va qaytarish
Obunani istalgan vaqtda to‘xtatish mumkin: keyingi muddat uchun to‘lamaslik kifoya. Pulni qaytarish tartibi — Qaytarish sahifasida.
10. Narx o‘zgarishi
Bu narx faqat AAA Music’ga tegishli. Keyingi plaginlar (Director, Sound) chiqqanda ular alohida narxda qo‘shiladi. To‘langan muddat ichida narx o‘zgarmaydi.
11. Beta versiya
Bu beta versiya: xatolar chiqishi mumkin, topilgan xatolar yangilanishda tuzatiladi.