Maxfiylik siyosati.
Yangilangan: 2026-10-30
Biz faqat kirish, litsenziya berish va eslatma uchun kerak bo‘lgan ma’lumotni saqlaymiz. Videolaringiz kompyuteringizdan chiqmaydi.
Nima saqlanadi
- Telegram’dagi ismingiz, @username va Telegram ID — saytga kirish va xabar yuborish uchun. Telefon raqamingiz bizga berilmaydi.
- Qurilma ID — kompyuteringiz uchun hisoblangan 16 belgili kod. Litsenziya shu kompyuterga bog‘lanadi.
- Sinov tugash sanasi — eslatma uchun.
- Buyurtmalar: sana, paket, summa, to‘lov holati va litsenziya muddati.
Nima saqlanmaydi
Videolaringiz, loyihalaringiz va Timeline’dagi kadrlar kompyuteringizda tahlil qilinadi va Azimov Films’ga yuborilmaydi. Karta ma’lumotlari bizga kelmaydi: to‘lovni Click yoki Payme o‘zi qabul qiladi.
Nima uchun ishlatiladi
Kirish, litsenziya berish, sinov va muddat tugashi haqida Telegram’da eslatish, savollaringizga javob berish. Ma’lumot sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi.
Qayerda saqlanadi
O‘zbekistondagi serverda. Kirish holati brauzeringizning o‘zida saqlanadi; sayt cookie ishlatmaydi.
Kirishni yopish va o‘chirish
Saytdagi barcha kirishlarni yopish uchun botga /chiqish yozing. Ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash uchun @aaa_plugins_bot ga yozing.