Asosiy qismga o‘tish
AAA Music Kirish 3 kun bepul

Musiqa kadrga mos.
Avj kesimda.

AAA Music — DaVinci Resolve Studio uchun plagin. U timeline’dagi videoni ko‘radi, kayfiyati va ritmiga mos trek topadi va avjini kesimga to‘g‘rilab qo‘yadi.

Mac (Apple M1 va yangisi), DaVinci Resolve Studio 21.1+

DaVinci Resolve Studio 21: Edit sahifasida AAA Music oynasi treklar ro‘yxati bilan, pastda Timeline’ga qo‘yilgan yashil musiqa treki, o‘ngda studiyadagi qora G-Class
Haqiqiy ekran: DaVinci Resolve Studio 21 ichida AAA Music. Tanlangan trek Timeline’da alohida audio trekka qo‘yilgan.

Farqni eshiting.

Montaj, musiqa va ovoz effektlari Azimov Films’niki.

Trek: Tame Impala — Loser

Ovoz faqat siz bosganingizda yoqiladi.

Kadrni ko‘radi.

Plagin timeline’dagi kadrlarni, kesimlar ritmini va kayfiyatni o‘lchaydi. Keyin treklarni moslik foizi bilan beradi: har birida BPM, avj joyi va kayfiyati yozilgan.

AAA Music: Videoga mos 7 ta trek, birinchisi End Of Line, 84 foiz, drop 0:12 da

Avj kesimda.

Trek alohida audio trekka tushadi. Avj joyi videodagi «Drop» yoki «Klimaks» markeriga to‘g‘rilanadi, marker bo‘lmasa videoning 1,75-soniyasiga. Oxiri musiqa jumlasi tugaydigan joyda so‘nadi.

DaVinci Resolve: AAA Music oynasi, viewer’da G-Class, pastda video kliplar ostida alohida yashil musiqa treki

Uchta rejim.

Qanday musiqa kerakligiga qarab tanlaysiz. Videoga mos — kadr kayfiyati va kesim ritmiga qarab; Trend — O‘zbekiston va dunyo reytingidan, bugungi yoki haftalik; Halol — nashid, cholg‘usiz ovoz, daf va toza instrumental.

Trend rejimi: bugungi reytingdagi 4 ta trek, o‘rni va moslik foizi bilan

Studiya.

Tezlik 0,70 dan 1,30 gacha, reverb va tayyor uslublar: slowed, sped up, bass, lofi. Studiyada eshitganingiz Timeline’ga xuddi shunday tushadi.

Studiya: Slowed + Reverb uslubi, tezlik 0,85, reverb 35 foiz

Asl montaj joyida qoladi.

Musiqa timeline nusxasiga qo‘yiladi, asl timeline o‘zgarmaydi; natija yoqmasa, «Qaytarish»ni bosasiz. Video kompyuteringizda tahlil qilinadi va Azimov Films’ga yuborilmaydi.

Timeline: Video 1 dagi asl kliplar o‘z joyida, musiqa alohida «Musiqa studiya» trekida — End Of Line (Slowed + Reverb)

Bir qarashda.

3 kun

bepul. Karta ham, kalit ham kerak emas.

Plagin sozlamalari, Litsenziya bo‘limi: Sinov, 2 kun qoldi
Plagindagi rejim tanlagich: Videoga mos, Trend, Halol 3 rejim

Videoga mos, Trend va Halol.

0,70–1,30

tezlik Studiyada, slowed va sped up bilan.

3 til

O‘zbekcha, ruscha va inglizcha interfeys.

1 kalit

bitta kompyuterga. Uzaytirsangiz, muddat eskisi tugagan kundan davom etadi.

Uch qadamda ishga tushadi.

  1. Kiring

    Telegram orqali, bir bosishda. Kabinetda zip va PDF yo‘riqnoma turadi.

  2. O‘rnating

    Ornatish.command faylini Terminal’ga sudrab tashlang. Dastur va modellar yuklanadi, taxminan 3 GB.

  3. Sinab ko‘ring

    Resolve’da Workspace → Scripts → Edit → AAA Music. 3 kun bepul, keyin paketni plaginning o‘zi taklif qiladi.

Avval 3 kun bepul.
Keyin paket.

Sinov uchun karta ham, kalit ham kerak emas. Narx hamma uchun bir xil.

Sotib olish

Sinov tugagach paketni plaginning o‘zi taklif qiladi. To‘lov Click yoki Payme orqali; tasdiqlanishi bilan plagin o‘zi ochiladi, kalit nusxalash shart emas. Uzaytirsangiz, yangi muddat eskisi tugagan kundan boshlanadi.

Nima kerak.

Kompyuter
Mac, Apple M1 yoki yangisi
Tizim
macOS 14 yoki yangisi
Dastur
DaVinci Resolve Studio 21.1 yoki yangisi. Bepul versiyada ishlamaydi.
Disk
4 GB bo‘sh joy
Internet
O‘rnatish va qidiruv uchun
Windows
Tayyorlanmoqda. Navbatga @aaa_plugins_bot orqali yoziling.

Savollar.

Bepul DaVinci Resolve’da ishlaydimi?

Yo‘q. 21.1 versiyadan boshlab Blackmagic Python skriptlarini faqat Studio versiyasida qoldirdi.

Intel Mac yoki Windows’da ishlaydimi?

Intel Mac’da ishlamaydi: plagin ichidagi AI modullar faqat Apple M-chip va macOS 14+ uchun chiqarilgan. Windows versiyasi tayyorlanmoqda, navbatga yozilish uchun @aaa_plugins_bot ga yozing.

Nega Telegram orqali kirish?

Parol va SMS kerak emas: «Start»ni bosasiz, sayt o‘zi ochiladi. Shu bot sinov tugashidan oldin eslatadi va to‘lov haqida xabar beradi. Telefon raqamingiz saytga berilmaydi.

3 kunlik sinov qanday ishlaydi?

Plagin birinchi ochilgan kundan 3 kun bepul ishlaydi, kalit va karta kerak emas. Shu kunning o‘zi ham hisoblanadi, shuning uchun o‘rnatishni kun boshida qiling.

Qanday to‘layman?

Sinov tugagach plagin paket oynasini o‘zi ochadi: 1, 3 yoki 12 oy. Paketni kabinetda ham tanlash mumkin. To‘lov Click yoki Payme orqali; tasdiqlanishi bilan plagin o‘zi ochiladi, kalit nusxalash shart emas.

To‘lovni to‘xtatsam, qo‘yilgan musiqalar nima bo‘ladi?

Timeline’ga qo‘yilgan treklar loyihangizda qoladi. Muddat tugagach yangi qidiruv, qo‘yish va «Qaytarish» ishlamaydi.

Instagram’ga qo‘ysam mualliflik muammosi bo‘lmaydimi?

Plagin trekni tanlab beradi, musiqaga litsenziya bermaydi. Instagram’ga joylashda trekni Instagram’ning o‘zidan qo‘shing va videodagi musiqa ovozini 0 qiling.

AAA oilasi kengayadi.

Director kliplarni teradi, bo‘yaydi va titr qo‘yadi. Sound har hodisaga ovoz beradi. Chiqishi bilan Telegram’da birinchilardan bo‘lib xabar olasiz.

Navbatga yozilish

@aaa_plugins_bot ochiladi: «Start»ni bosing, keyin AAA Director yoki AAA Sound’ni tanlang.

  • AAA DirectorTez kunda
  • AAA MusicHozir
  • AAA SoundTez kunda
AAA Music oynasi: Videoga mos 7 ta trek va pleyer

3 kun bepul sinab ko‘ring.

Mac va DaVinci Resolve Studio 21.1+ uchun